11:36 / 18.12.2015
3287

Nobel mukofoti sovrindori natsistcha qarashlari tufayli faxriy doktorlikdan mosuvo bo‘ldi

Zaltsburg universiteti allaqachon o‘tib ketgan avstriyalik zoolog, Nobel mukofoti sovrindori Konrad Lorentsni faxriy doktorlik darajasidan judo qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Bunday qaror millatchi-sotsialistlarni fosh qilish bo‘yicha 2014 yili boshlangan tekshiruv ishlari yakunlariga ko‘ra qabul qilindi.
Lorents 1938 yili Germaniya millatchi-sotsial ishchi partiyasi safiga qo‘shilgan. O‘z bayonotida u har doim millatchi-sotsialist bo‘lganini e'tirof etgan.

“Mening butun ilmiy faoliyatim, filogenetik, irqiy va ijtimoiy-psixologik masalalarni ham qo‘shib hisoblaganda, millatchi-sotsialistik fikr xizmatida bo‘lgan”, - uning so‘zlarini keltiradi Kurier nashri.

Bu faktlar Lorentsga faxriy ilmiy daraja berilishida berkitilgan, shu bois Zaltsburg universiteti rahbariyati uni faxriy doktorlikka nomunosib deb topdi.
Bir yil muqaddam boshqa bir avstriyalik zoolog va ornitolog Eduard Paul Trats ham doktorlikdan judo qilingan edi.
Millatchi-sotsialistlarni fosh qilish ishi 2016 yili yakunlanishi kutilmoqda.

Top