12:09 / 18.12.2015
7908

Oq uy: Putinning AQSh Iroqdagi turk askarlarini “ko‘rmay qolgani” haqidagi gaplari o‘ta kulgili

Kecha bergan katta matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya va AQSh o‘rtasidagi muayyan kelishuv borligini taxmin qilgan edi.

“Balki biror kelishuv bo‘lgandir. Biz Rossiyaning samolyotini urib tushiramiz, so‘ng Iroqqa qo‘shin olib kirganimizni “ko‘rmay qolasiz” va biz u davlatning bir qismini okkupatsiya qilamiz, qabilida”, - degan edi Putin.

Bugun Oq Uy rasmiy vakili Joshua Ernest an'anaviy matbuot anjumani chog‘ida Kreml yetakchisining bu ayblovlarini “kulgili” deb baholadi.
“Turkiya AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchisi va Turkiyaning o‘z tuproqlarini yoxud havo hududini himoya qilish huquqi qat'iy tarzda qo‘llab-quvvatlanadi”, - dedi u.

Top