21:38 / 18.12.2015
2753

Pentagonda AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi oqibatida 30 nafar iroqlik askar halok bo‘lgani haqidagi ma'lumot rad etildi

Pentagonda AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi oqibatida 30 nafar iroqlik askar halok bo‘lgani haqidagi ma'lumot rad etildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri. “Bu yolg‘on”, deb aytdi Pentagon vakili.

Iroq parlamentining xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Hakim az-Zamliy Iroq AQSh HHK zarbasi ustidan sudga shikoyat qilishini ma'lum qildi.

“Biz ularni bu jinoyat uchun javobgarlikka tortamiz, sud taftishi bo‘ladi”, deb aytgandi az-Zamliy.

Avvalroq az-Zamliy AQSh aviatsiyasi Al-Falluja viloyatidagi An-Naimiyya shahriga zarba berishi oqibatida Iroq armiyasi 55-brigadasining 30 nafar askari halok bo‘lgani va 20 nafari yaralanganini aytgandi.

Top