O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Rossiya O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik turistlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” MK raisi o‘rinbosari Anvar Temirxo‘jayev bayonot berdi.
“Har yili mamlakatimizga chet ellardan 2 mln ga yaqin kishi keladi. 2014 yili O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning asosiy qismini rossiyalik mehmonlar tashkil etdi – 22.4 foiz; shuningdek, koreyaliklar – 8.2 foiz, germaniyaliklar – 3.8 foiz, fransiyaliklar – 3.6 foiz. Shuningdek, G‘arbiy Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlaridan mehmonlar tashrif buyurdi”, - deb ta'kidladi amaldor.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonning xavfsizligi, vizalarning yo‘qligi, til to‘sig‘ining yo‘qligi, boy tarixiy merosi, milliy oshxonasining betakrorligi va turistik paketning arzonligi rossiyalik sayyohlar diqqatini tortmoqda.