17:42 / 18.12.2015
2542

Tojikistonda kerakli vaqtda butun mamlakat bo‘ylab internet va mobil aloqaning cheklab qo‘yilishi qonuniylashtirildi

Tojikiston parlamentining yuqori palatasi deputatlari 18 dekabr kuni ko‘rib chiqqan “Terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun “iks” soatlarida butun mamlakat bo‘ylab internet va mobil aloqaning cheklab qo‘yilishini qonuniylashtirdi.

Tojikiston prezidenti ijroiya devoni rahbari, senator Baxtiyor Xudoyorzoda o‘z chiqishida xabar qilishicha, milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi aksilterror operatsiyalari o‘tkazilayotgan hududlarda elektron aloqa vositalarini cheklab qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, kerakli paytda bu cheklovni butun mamlakatga joriy qilish huquqi ham beriladi.

Mamlakatda oxirgi yillarda o‘tkazilgan harbiy operatsiyalar chog‘ida mobil aloqa bir necha marta uzib qo‘yilgan, ammo buning sababi aniq tushuntirilmagan. Endilikda bu narsa qonun bilan belgilandi.

Top