16:19 / 19.12.2015
2492

AFP: Turkiya qirg‘oqlarida yana 18 muhojir suvga g‘arq bo‘ldi

Turkiya qirg‘oqlarida, Egey dengizida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib ketdi. France-Presse agentligining ma'lum qilishicha, buning oqibatida qayiq bortidagi 18 kishi halok bo‘lgan.

Fojia jumadan shanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Qayiq Gretsiyaning Kalimnos oroliga yo‘l olgan edi. Turkiya qirg‘oq qorovuli xizmati xodimlari 14 muhojirni qutqarib olgan. Ular orasida Suriya, Iroq va Pokiston fuqarolari bo‘lgan.

Top