17:34 / 19.12.2015
3043

Antoni Marsyal Golden Boy mukofotini qo‘lga kiritdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

20 yoshli futbolchi so‘rovnoma natijasiga ko‘ra Ruben Nevesh (“Portu”), Kingsli Koman (“Bavariya”), Ektor Belerin (“Arsenal”) va Munir (“Barselona”)ni ortda qoldirdi.

Fransiyalik futbolchi “MYu”ning ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan uchinchi futbolchisi bo‘ldi. Unga qadar bu sovrinni Ueyn Runi (2004) va Anderson (2008) qo‘lga kiritgan edi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Marsyal Angliya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Top