00:12 / 19.12.2015
2745

AQSh farmatsevtik kompaniyasi o‘z nomini Isis’dan Ionis’ga o‘zgartirdi

AQShning Isis Pharmaceuticals Inc. farmatsevtik kompaniyasi o‘z nomini Ionis Pharmaceuticals Inc.ga o‘zgartirdi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

Kompaniyaning avvalgi nomi IShIDning ingliz tilidagi qisqartmasiga (ISIS) to‘g‘ri kelgan.

“Biz shunday qarorga keldik, chunki biz nomimizni eshitgan odamlar bizning hayotlarni saqlab qoluvchi dorilarimiz haqidagina o‘ylashlarini istaymiz”, deb aytdi kompaniyaning operatsion direktori Linn Parshall.

Ta'kidlanishicha, 22 dekabrdan kompaniyaning birjadagi tikeri ISIS’dan IONS’ga o‘zgaradi.

Avvalroq Nutella kompaniyasi besh yoshli Aysis ismli (ISISga o‘xshab talaffuz etiladi) avstraliyalik qiz uchun shaxsiy etiketga qilishni istamagani ma'lum qilingandi.

Biroq Avstraliyadagi Aysis qishlog‘i o‘z nomini o‘zgartirishdan bosh tortdi.

Top