11:21 / 19.12.2015
3091

AQSh qurolli kuchlari: koalitsiya zarbalari Iroq askarlarining halokatiga sabab bo‘lgani ehtimoli bor

AQSh boshchiligidagi aksilterror koalitsiyasi harbiy havo kuchlarining zarbalari Iroq askarlarining halokatiga sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytildi. Bu ish bo‘yicha Iroq tomonining ishtirokida taftish o‘tkazilishi xabar qilindi.

Ilgariroq Iroq mudofaa vazirligi koalitsiya kuchlarining xatosi tufayli Falluja shahrida hukumat qo‘shinlariga zarba berilgani, buning oqibatida 10 harbiy xizmatchi halok bo‘lganini xabar qilgan edi.

Top