16:02 / 19.12.2015
9561

Dovuto‘g‘li: Anqara Putinning so‘zlarini jiddiy qabul qilmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nodiplomatik va haqoratli bayonotlari Turkiya tomonidan jiddiy qabul qilinmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘li aytib o‘tdi.“Biz bunga jiddiy qaray olmaymiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Hürriyet Daily News nashri.

Dovuto‘g‘lining so‘zlariga qaraganda, Putinning so‘zlari zamonaviy dunyo ruhiga va Rossiya-Turkiya aloqalariga mos kelmaydi.
Shuningdek, Turkiya hukumati boshlig‘i Putinning so‘zlarini “Pravda” gazetasining yolg‘onlariga tenglashtirdi.

Top