19:32 / 19.12.2015
18250

Eng yirik qog‘oz pullar beshligi: sekstillion penge va 100 billion dirham

Odatda “millioner” deyilganida bankda katta miqdordagi mablag‘ga ega bo‘lgan hisob raqam, pul to‘la xamyon, diplomat egasi tushuniladi. Biroq o‘zini millioner deb hisoblash uchun har doim ham bir qop pulga ega bo‘lish shart emas. Ba'zi mamlakatlarda misol uchun 1 million nominaliga teng bo‘lgan qog‘oz pulni qo‘lga olishning o‘zi kifoya qiladi. Bir qator davlatlar esa millionli qog‘oz pullardan ham o‘zib ketib, to‘qqizta nolni ham ortda qoldirishgan!

Demak, tarixidagi eng katta qiymatdagi pullar bilan tanishamiz.

1. Venger pengyosi

Yetakchilik shubhasiz 1927 yildan 1946 yilgacha muomalada bo‘lgan Vengriya pul birligiga tegishli. Ikkinchi jahon urushi yakunlangach, AQSh dollari kursining pengyoga bo‘lgan qiymati 1945 yilning 31 avgust holatiga ko‘ra 1320 ni tashkil qilgan. O‘sha vaqtda pengyoning maksimal nominali bor-yo‘g‘i 10000 ga yetgan. Biroq inflyatsiya o‘z ishini qildi va Vengriya milliy valyutasining tezkorlik bilan qadrsizlanishi tufayli Vengriya 100 ming, 1 million va hatto 10 million nominalidagi pullarni muomalaga kiritib, nominalni ko‘tarishga majbur bo‘ldi. Bu esa eng so‘nggi chegara emas edi. Dunyodagi eng yirik milliard qiymatidagi (rasmiy nominalda sekstillion pengyo qiymatidagi) pul chiqarilishiga hozirlik ko‘rilayotgan edi. Bunday pulni qo‘lda ushlab turgan odam millioner hisoblanmasdi, u bor-yo‘g‘i 20 Amerika senti egasi edi.

2. Grek dirhami

Gretsiya Ikkinchi jahon urushi vaqtida giperinflyatsiyaning jiddiy davrini boshdan kechirdi. 1944 yilda inflyatsiya avjiga chiqdi, 1 yangi dirham 50 milliard eskisiga almashtirilgan. Biroq inflyatsiya davom etardi, 1954 yil 1 mayda yangi almashinuv sodir bo‘ldi, 1 ta yangiroq dirham 1000 ta eskisiga almashtirildi: mamlakat 100 billion dirham nominalidagi banknotalarni chiqargan. Faqat shundan so‘nggina denominatsiya o‘tkazilgan.

3. Nemis markasi

Germaniya ham o‘zining markalari bilan mazkur ro‘yxatga kiritilgan, uning eng katta nominali 100 trillion markaga yetgan, AQSh dollarida hisoblanganida bor-yo‘g‘i 25 dollarni tashkil etgan. Inflyatsion vaziyat mamlakatda 1923 yilning yoz faslida boshlangan. Noyabr oyi oxirida narxlar 854 marta, dollar kursi esa 400 ming marta o‘sdi.

4. Zimbabve dollari

Zimbabve dollari 1981 yilning aprelidan boshlab muomalada bo‘lgan va 2009 yilning iyuniga qadar saqlanib qolgan: rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2008 yilning iyulida 231 million foizni tashkil qilgan! Inflyatsiya esa 100 trillion dollar nominalidagi banknotaning muomalada paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

5. Yugoslaviya dinori

Mamlakatdagi ichki beqaror vaziyat va Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi inqirozi 1993 yilda 100 dan 500 milliard dinor nominalidagi pul (bon)ning chiqarilishiga sabab bo‘ldi. 1994 yilda 1,5,10 va 20 qiymatidagi “yangi dinorlar” muomalaga kiritildi. 1996 yilda ularning qatori 50 va 100 yangi dinor nominalidagi pullar bilan to‘ldirildi. “Yangi” so‘zi mamlakatda 2000 yilgacha saqlanib qoldi, 10,20,50 va 100 dinorlar “yangi” so‘zisiz bosib chiqarildi.

Top