21:19 / 19.12.2015
2908

Indoneziya sohillari yaqinida 100 yo‘lovchisi bor kema cho‘kib ketdi

Indoneziya sohillari yaqinida bortida 100 yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Biroq mahalliy OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, kema bortida 122 kishi bo‘lgan. Ulardan 19 nafari bolalar bo‘lgani aytilmoqda.
Kema Sulavesi oroli yaqinida falokatga uchragan. Falokat sabablari hozircha noma'lum.

Top