18:49 / 19.12.2015
2800

Iroq mudofaa vazirligi koalitsiya zarbasi oqibatida 9 harbiy halok bo‘lganini aytdi

Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Ubaydiy AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning yanglish zarbasi oqibatida Iroqning 9 harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

“Koalitsiya havo kuchlari quruqlik qo‘shinlarini Falluja shahri yaqinida qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi, chunki Iroq vertolyotlari ob-havoning yomonligi tufayli ucha olmas edi”, - dedi u matbuot anjumani chog‘ida.

Halok bo‘lganlardan biri zobit ekanligi qo‘shimcha qilindi.
Ilgariroq AQSh rasmiylari yo‘l qo‘yilgan xatoni “ehtimol” darajasida e'tirof etishgan edi.

Top