11:10 / 19.12.2015
4962

Kaliforniyalik ofitsiant 32 ming dollarni kafeda unutib qoldirgan mijozlarni qidirib topdi

Kaliforniyaning Fresno shahridagi Applebee's kafesi xodimi muassasada 32 ming dollarini unutgan oilani qidirib topish maqsadida, pul solingan hamyonni politsiyaga topshirdi. Bu haqda Fresno Bee nashri yozmoqda.

Erika Gonzales onasi Berta bilan bu pullarni bankka qo‘ymoqchi bo‘lishgan, ammo bo‘sh seyf yo‘qligi bois o‘zlari bilan mablag‘ni olib ketishgan. Ovqatlanish uchun kafega kirgan ona va qiz hamyonni unutib qoldirishgan.

Oila politsiyaga murojaatnoma yozganidan bir oz muddat o‘tib, huquq-tartibot organlariga Applebee's kafesi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, pullarni ularga yetkazgan.
Ta'kidlanishicha, ofitsiant ismini oshkor qilishlarini istamagan va pul mukofotidan bosh tortgan.

Top