13:40 / 19.12.2015
6152

Makkeyn AQSh byudjyetidan Rossiyaga qanday manfaat borligini aytdi

Rossiya 2016 yil uchun qabul qilingan AQSh byudjyetidan yutdi, deb hisoblaydi senator Jon Makkeyn. Bu haqda u Sputnik agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning tushuntirishicha, yangi byudjyet AQShga Rossiyadan ko‘proq RD-180 dvigatellarini sotib olishga yordam beradi.

“Biz hozirgina Putinga qo‘shimcha ravishda o‘nlab million dollar berdik”, - ta'kidladi senator.2016 yilgi byudjyet bo‘yicha qonun Barak Obama tomonidan 18 dekabr kuni imzolandi.

Unda neft eksportiga qo‘yilgan taqiq oradan 40 yil o‘tib olib tashlandi, bundan tashqari, Atlas V tashuvchi raketalari uchun qo‘shimcha ravishda Rossidan RD-180 dvigatellarini sotib olish ko‘zda tutilgan.

Top