19:44 / 19.12.2015
15437

Nega telefon tugmachalari aynan shunday ko‘rinishda joylashtirilgan?

Hacker News  forumida ishtirokchilar e'tiboriga Data Genetics blogida keltirilgan ma'lumotlar taqdim etildi. Unda telefon tugmachalari nega aynan shunday joylashtirilgan, degan savolga javob keltirilgan edi. Material muallifi yarim asrdan buyon qo‘llanib kelinayotgan va hatto mobil telefonlarning so‘nggi avlodi chiqarilayotgan zamonaviy asrda ham tugmachalar joylashtiriluvi joyida qolgani haqida gapirib o‘tdi.

50-yillarda aloqa ta'minoti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar va telefon apparati ishlab chiqaruvchilar yagona dizaynga ega ko‘rinishni ishlab chiqishga urinishgan. Ushbu masala yuzasidan 1960 yilda AT&T Amerika kompaniyasi tadqiqotlar olib bordi va uning xulosalarini Bell Systems Technical Journal jurnalida e'lon qildi.

AT&T apparatlariga tugmachalar tanlash jarayoni murakkab kechdi, shu bois raqamlarni joylashtirish bo‘yicha 16 variant ko‘rib chiqildi.

 

Kompaniya mutaxassislari har bir variantni jiddiy o‘rganib chiqishdi. Ularning tez terilishi, raqamlarni yanglishtirib yubormaslik, bularning barcha-barchasi kompaniya operatorlarining nazaridan chetda qolmadi.

Yakunda tadqiqot olib borayotgan jamoada raqamlarni joylashtirish qulay bo‘lgan beshta variant qoldi. Telefon apparatidan foydalanuvchi endi raqamlarni tez tera oladigan va raqamlarni yanglishtirib yubormaydigan bo‘ldi.

Varinatlarning eng maqbuli quyidagilar bo‘lib qolayotgan edi: vertikal yoki gorizontal holatda joylashtirilgan ikki qatorli besh tugmacha, 3×3 ko‘rinishida va bittasi alohida pastda joylashtirilgan tugmachalar, qolaversa, aylana shaklda joylashtirilgan tugmachalar ko‘rinishi.

 

Ana undan keyin, dastlab “musobaqa”dan  vertikal ko‘rinishdagi ikki qator qilib joylashtirilgan tugmachalar qatori chiqib ketdi. Foydalanuvchi uchun bu qulaylik tug‘dirsa-da, ammo dizaynerlarga bu variantning sirti yoqmagan.

O‘z navbatida,  AT&T  muhandislari ayni damdagi telefon modellari uchun aylana ko‘rinishida joylashtirilgan tugmachalar varianti ham to‘g‘ri kelmasligini ta'kidlagan. Kompaniya mutaxassislari yoki kvadarat ko‘rinishdan, yoki gorizontal ikki qator qilib tizilgan variantdan foydalanish zarurligini, ularning aytishicha, bu loyihachi nuqtai nazaridan qaraganda eng maqbuli  ekanligini aytishadi.

Yakunda tugmachalarning kvadarat ko‘rinishda 3×3 va qo‘shimcha pastda bitta tugmacha joylashtirilgan va gorizontal ikki qator qilib tizilgan tugmachalar varianti qoladi.

Ovoz berish natijasida 3 ta qarshi ovoz va 12 ta yoqlab berilgan ovoz evaziga har birida beshtadan tugmacha gorizontal holatda ikki qator qilib joylashtirilgan variant g‘olib chiqadi. Biroq keyinchalik yakunda standart ko‘rinishdagi eng so‘nggi variantni tanlashadi.

AT&T bu yerda aynan nimaga rahbarlik qilgani noma'lum. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, xulosani kompaniyaning usta mutaxassislari o‘z estitek talablaridan kelib chiqib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham oxir-oqibat 3×3 va bitta tugmacha pastdaalohida etib joylashtirilgan variant qo‘llanilishni boshladi. Keyinchalik pastdagi bitta tugmacha yoniga * va # tugmachalarini ham qo‘shishdi. Vaqti keldiki, ushbu tugmachalar ham o‘z o‘rnini sensorlarga bo‘shatib berdi.

Top