14:26 / 19.12.2015
17506

Obama o‘z peshobini ichishdan bosh tortdi

AQSh prezidenti Barak Obama Bear Grills shousini suratga olish jarayonida, agarda bu hayotiy zarurat bo‘lmasa, hech qachon o‘z siydigini ichmasligini aytdi.

The Daily Beast nashrining yozishicha, bu haqda Oq Uy rahbari Running Wild realiti-shousining qismlaridan birida bu e'tirofni bildirgan. Ko‘rsatuv 17 dekabr kuni NBC telekanalida chiqqan.

“Menda bunday odat yo‘q. Men faqatgina shou uchun bunday qilmagan bo‘lardim”, - ta'kidladi AQSh rahbari.
Shunga qaramay, ilgari aytilganidek, ko‘rsatuv davomida u Grills tomonidan taklif qilingan, ilgariroq ayiq tomonidan parchalangan lososni yeyishga rozi bo‘lgan edi.

Sentyabr oyida Alyaskaga sayohat qilgan Obama turli tadbirda ishtirok etib, global isish muammolarini ko‘tarib chiqdi. Bu muammoga jamoatchilik diqqatini jalb qilish uchun Obama britaniyalik mashhur sayohatchi va shoumen Grills bilan qo‘ng‘iroqlashib, uning teleshousida ishtirok etishga kelishib oldi.

S'yomkadan so‘ng bergan intervyusida Grills prezident bilan 50 kishi yurganini, ular orasida vertolyotlardagi snayperlar va harbiylardan tashqari matbuot xizmati xodimlari va shaxsiy degustator bo‘lganini aytdi.

Top