13:32 / 19.12.2015
4056

Qirg‘iziston moliya vazirligi 228 ming somga ikkita planshet sotib olishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi

“Jamoatchilik Jo‘qorg‘i Kengash deputatlari sotib olayotgan gilamlar va o‘rindiqlar bilan bog‘liq voqealarni unutishga ulgurmay turib yana bir “quvonchli” xabar yetib keldi – moliya vazirligi 228 ming somga ikkita planshet xarid qilmoqchi”, - deb yozadi 24.kg agentligi.

Agentlikning ta'kidlashicha, bitta planshetga qo‘yilgan 114 ming som (taxminan 1,500 dollar) narx me'yoridan juda oshiqdir. Buni aniqlash maqsadida jurnalistlar Bishkekning savdo markazlarida bo‘lishdi.

Planshetlar ichida yetakchi bo‘lgan Apple korporatsiyasi iPad Pro’ni 96 900 somga taklif qilmoqda, ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi mahsuloti –Galaxy Tab S2 narxi 37 900 som.

“Moliya vazirligi qanday planshetlar xarid qilmoqchi, tushunarsiz. Aftidan, eng qimmatlari, qolgan pulga esa (17 100 som) aksessuar sotib olish mumkin, albatta, yana eng qimmatini”, - xulosa qildi jurnalistlar.

Top