10:44 / 19.12.2015
2891

Tergov qo‘mitasi: Xodorkovskiy muddati o‘tishi bahonasi bilan jazodan qochib qutulolmaydi

Nefteyugansk shahri hokimini o‘ldirishda ayblanayotgan rossiyalik muxolif siyosatchi, YuKOS korporatsiyasining sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy jinoyat muddati uzoqligi bahonasi bilan jazodan qutulib qolmoqchi, ammo Rossiya tergov qo‘mitasi bunga yo‘l qo‘ymaydi, deb ta'kidladi idoraning rasmiy vakili Vladimir Markin “Komsomolskaya pravda” radiostansiyasi efirida.

“Rossiya qonunchiligini qarang, bu narsa juda aniq ta'riflangan”, - ta'kidladi u.
Xodorkovskiy 11 dekabr kuni Nefteyugansk hokimi Vladimir Petuxovni o‘ldirishda ayblangan edi. Markinning aytishicha, jinoyat uchun jazo muddatining o‘tishi ayblov qotillik bilan bog‘liq bo‘lganda sud tomonidan aniqlanadi.

Top