18:15 / 20.12.2015
7183

“Barselona” “River Pleyt”ni mag‘lub etib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Argentinaning “River Pleyt” klubiga qarshi maydonga tushdi. Yaponiyadagi “Nissan” maydonida kechgan bahsda “kataloniyaliklar” yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdagi gollarga Lionel Messi (36’) hamda Luis Suares (49’, 68’) mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, “Barselona” ushbu mukofotni uchinchi marotaba qo‘lga kiritib, rekord qayd etdi. Bunga qadar jamoa 2009 hamda 2011 yillarda jahonning eng yaxshi klubi nomiga sazovor bo‘lgan edi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. Final.

River Pleyt (Buenos-Ayres, Argentina) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 0:3

Gollar: Messi, 36 (0:1); Suares, 49 (0:2); Suares, 68 (0:3).

Ogohlantirish: Kranevitter, 10; Ponsio, 32 – Alba, 16; Rakitich, 43; Neymar, 61; Roberto, 72.

Top