“Manchester Yunayted” afsonasi ser Bobbi Charlton klubda 500-o'ynini o'tkazgan jamoa sardori Ueyn Runiga mukofot topshirdi.

Futbol faxriysi 17-tur doirasida “Norvich”ga qarshi kechadigan o'yin oldidan esdalik mukofotini topshirgan.

Ma`lumot uchun aytib o'tish lozimki, Runi ushbu mukofotni qo'lga kiritgan o'ninchi futbolchi bo'ldi. Charlton va Giggzlar ham ushbu mukofotga o'z vaqtida sazovar bo'lishgan.