19:06 / 20.12.2015
9337

Abdulaziz Kamilov Ostonaga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2015 yilning 21 dekabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari va YeI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakilining uchrashuvi kun tartibidan turli sohalardagi mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan.

Top