01:11 / 20.12.2015
7431

Afg‘onistonda gubernatorga suiqasd qilindi

Afg‘onistonda Faryob gubernatori Said Anvar Saodat korteji “Tolibon” terrorchilik guruhi jangarilari pistirmasiga tushib qoldi, deb xabar bermoqda Khaama Press nashri.

Gubernator nogironlarga mo‘ljallangan uyning ochilish marosimidan qaytayotgan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, suiqasd oqibatida Saodatning tansoqchisi halok bo‘lgan. Gubernatorning o‘ziga hech narsa qilmagan.

Top