Qirg‘iziston poytaxtidagi “Manas” aeroportiga bomba qo‘yilgani haqida ma'muriyatga xabar kelib tushdi. Lekin, respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, sapyorlar u yerdan portlovchi uskuna topa olmagan.
“Bugun aeroport elektr manziliga portlovchi uskuna o‘rnatilgani borasida xabar kelib tushdi, - deyiladi xabarnomada. – Voqea joyiga tegishli xizmatlar xodimlari yetib keldi. IIV va aviatsion xavfsizlik xizmatining qo‘shma tadbiri davomida aeroport ko‘zdan kechirilib, hech qanday portlovchi uskuna aniqlanmadi”.
Bundan tashqari, aeroportda bo‘lgan samolyotlar ko‘rib chiqilgan.