O‘zbekiston chegara xizmati xodimlari tomonidan Tojikistondan Qozog‘istonga narkotik moddalar olib o‘tishga bo‘lgan urinish to‘xtatib qolindi. O‘zbekiston chegara naryadi “Bekobod-temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida Xo‘jand-Aris yuk poyezdi ichida olib ketilayotgan 33.2 kg narkotik moddalarni aniqladi va ushlab qoldi.
Giyohvand moddalar maxsus yasalgan va ko‘zdan nari qilingan idishda topildi. U Tojikistondan Qozog‘istonga yuk olib ketayotgan vagon ichida berkitilgan edi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.