09:23 / 20.12.2015
4322

Qirg‘izistonda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi

Qirg‘iziston hududida 19 dekabrda 30 km chuqurlikda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi.

Bu haqda Qozog‘iston ta'lim vazirligining fan qo‘mitasi seysmologik tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi saytida ma'lum qilindi.

Zilzila markazi Olmaotadan janubi-sharqiy yo‘nalishda 254 km uzoqlikda bo‘lgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot berilmagan.

Top