11:32 / 20.12.2015
16282

Qizlarga bo‘lgan turli tahdidlarga qaramay Bag‘dodda “Iroq go‘zali” aniqlandi

Bag‘doddagi mehmonxonalardan birida “Iroq go‘zali” tanlovi o‘tkazildi, deb yozmoqda Daily Bhaskar. Bundan oldin ushbu tanlov 1972 yilda o‘tkazilgan edi.

Ma'lum qilinishicha, sunniylar ham, shialar ham o‘z diniy e'tiqodlariga konservativ yondashayotgan ushbu mamlakat uchun bu muhim voqeadir. Mahalliy amaldorlar ushbu tanlovga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, unda 150 nafar qiz qatnashdi.
“Iroq go‘zali” esa Kirkuk shahridan 20 yoshli Shayma Abdulrahmon bo‘ldi.
“Mamlakatim kelajakka nazar tashlayotganidan xursandman. Bu voqea ko‘pchilik iroqliklar yuziga tabassum olib keldi”, — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Repubblica.

Tanlovda qatnashgan ko‘pchilik qizlar ularga bo‘lgan tahdidlar tufayli o‘zlarini nomzodlar safidan chiqarishdi.

Top