16:08 / 20.12.2015
2321

Tailand shimolidagi YTHda malayziyalik 13 turist halok bo‘ldi

Tailandning Chiangray va Chiangmay shimoliy viloyatlari orasidagi trassada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida malayziyalik 13 nafar turist halok bo‘ldi, yana 8 nafari yaralandi. Bu haqda Nation nashri yozmoqda.

Avtobus malayziyalik 21 turistni olib ketayotgan edi. Uning haydovchisi boshqaruvdan qo‘ldan boy berib, yuqori tezlikda teskari yo‘ldan kelayotgan mashinaga tegib ketdi, keyin ustunga borib urildi. Shundan so‘ng transport vositasi ag‘darilib, jarlikka quladi.

Haydovchining o‘zi arzimas jarohat olgan. U ayni paytda politsiya tomonidan hibsga olindi. Aytilishicha, bundan ilgariroq u boshqa mashinaga tegib ketib, undan qochishga uringan va shu bois tezlikni oshirgan.

Top