22:08 / 20.12.2015
4833

Tehronda havo ifloslanishi sababli barcha maktab va bolalar bog‘chalari yopildi

Eron hukumati havoning kuchli ifloslanishi va sog‘liq uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelgani sababli ikki kunga Tehrondagi barcha maktablar va bolalar bog‘chalarini yopishga buyruq berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, shuningdek, Isfaxon va Aroqdagi maktablar ham yopilgan.

Top