21:59 / 21.12.2015
2647

Afg‘oniston hukumati mamlakatdagi teraktda 6 nafar NATO harbiysi vafot etganini tasdiqladi

Afg‘onistondagi terakt natijasida NATOning olti nafar harbiysi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda NBC telekanali.

Bu haqda hukumat xabar qildi. Qayd etilishicha, alyansning yana uch nafar harbiy xizmatchisi tan jarohatini olgan.

Avvalroq xudkush-terroristning Bagram shahridagi NATO bazasidan uncha uzoq bo‘lgan hududda joylashgan Amerika-afg‘on qo‘shma patrulida o‘zini portlatib yuborgani natijasida besh askar vafot etgani xabar qilingan edi. Xudkush o‘zining patrul qarshisida portlatib yuborgan, natijada besh nafar harbiy halok bo‘lgan, olti nafari jarohatlangan.

Portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” guruhi o‘z zimmasiga olgan. Terroristlar vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujumdan qurbon bo‘lgan harbiylar soni 19 nafarga yetgan.

Top