11:49 / 21.12.2015
4523

Andijon-1 temir yo‘l vokzali rekonstruksiyasi yakuniga yetmoqda

2015 yilning oxirida Andijon-1 temir yo‘l vokzali rekonstruksiyasi yakuniga yetadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasida xabar berildi.

Loyiha qiymati 5 mlrd so‘mni tashkil qiladi. U “Universal kompakt servis” MChJ ishchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. Qurilish va rekonstruksiya ishlarida 150 ishchi band.

350 yo‘lovchiga mo‘ljallangan vokzal hududida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 2016 yildan Angren-Pop uchastkasida temir yo‘l transporti harakatlana boshlaydi. Andijondan Toshkentgacha yo‘l 5 soat vaqt oladi. Bundan tashqari, Qamchiq dovoni orqali kuniga 60 ming tonna yuk Farg‘ona vodiysiga o‘tkaziladi.

Top