14:38 / 21.12.2015
10214

Blatter va Platini 8 yilga futboldan chetlatildi

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platini 8 yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirildi. Germaniyalik mutaxassis Xans-Yoaxim Ekkert boshchiligidagi FIFA etika qo‘mitasi shunday qaror chiqardi.

FIFA etika qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra Blatter tashkilotning axloq kodekslarini buzgani, shaxsiy manfaat yo‘lida kimlargadir sovg‘a bergani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Blatter o‘z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshish hamda kamomadda ayblangan edi. Shuningdek, uning prezidentligidagi tashkilot tomonidan UYeFA rahbari Platiniga tegishli kompaniya hisobiga 2 million frank o‘zkazilgani bo‘yicha ham gumon qilingan.

Mutasaddilar bu pulni Platini 9 yil davomida FIFAda maslahatchilik lavozimida ishlagani uchun og‘zaki kelishuv asosida o‘tkazilganini ta'kidlab kelishayotgan edi. Aynan mana shu noqonuniy o‘tkazma ularga nisbatan ish ochilishiga, oxir oqibat esa 8 yilga futboldan chetlashtirilishiga olib keldi.

Shuningdek, Blatterga 50 ming, Platiniga esa 80 ming shveysariya franki miqdorida jarima jazosi qo‘llandi.

Top