15:34 / 21.12.2015
2599

«Chelsi» va «Manchester Siti» Benzemaga qiziqish bildirishmoqda

«Real» jamoasining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema Angliyaning «Chelsi» va «Manchester Siti» jamoalari qiziqishlari doirasiga tushgan.

Ikki jamoa ham qishki transferlar vaqtida yoki mavsum so‘nggida futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, Benzemaning o‘zi «Real»da qolishiga ishonmoqda. Qolaversa, jamoa uni «Valbuena ishi» mojarosida ham qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Benzema La Liganing 10ta o‘yinida 11ta gol urdi.

Top