09:05 / 21.12.2015
2833

Germaniyaning Bayroyt shahrida noma'lum kimsa uch kishini otib ketdi

Germaniyaning Bayroyt shahrida noma'lum jinoyatchi uch kishini otib ketdi, deb xabar bermoqda Spiegel nashri.

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, barcha uch qurbon parkovka qilib qo‘yilgan avtomobillar yonidan topilgan. Yana bir kishi yaralangan.

Otishma haqida mahalliy aholi politsiyaga mahalliy vaqt bilan 21.30 da xabar bergan.

Jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan. Qurbonlar va jinoyatchi shaxsi aniqlanmagan, jinoyat sababi ham hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top