19:45 / 21.12.2015
4327

Gulistonda yil oxirigacha zax suvlarni qochirish va yangi quvurlar o‘rnatish hisobiga 1,5 mlrd so‘mlik ishlar bajariladi

Guliston shahrida yer osti zax suvlarini qochirish, muhandislik-kommunikatsiya ishlarini rivojlantirish yo‘lida bir qator ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezidentning 2015 yil 9 martdagi “2015-2019 yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va er osti suv sathini kamaytirish, muhandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, joriy yil oxirigacha “Do‘stlik” kanali va shahardagi zax suvlarni qochirish, yangi quvurlar o‘rnatish hisobiga 1,5 milliard so‘mlik ishlar bajariladi.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlarga ham barham berish ishlari jadal ketmoqda, deb yoziladi xabarda.

Bir vaqtlar kuzatilgan ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati yon-atrofiga qo‘shimcha binolar qurish, uyga qadab garajlar qurish, chor-atrofini berkitib olish hollari bartaraf etilmoqda.

Top