21:48 / 21.12.2015
5377

Iliq harorat tufayli Moskva ko‘chalarini 6 mingga yaqin maxsus texnika yuvdi

Moskvada anomal iliq harorat o‘rnatilgani sababli 6 mingga yaqin maxsus texnika mahalliy vaqt bilan soat 11.00 dan ko‘chalarni yuvishga kirishdi.

Kommunal xizmatchilar nafaqat ko‘chalarni, balki obodonlashtirish elementlarini ham g‘uborlardan tozalashdi. Ular qatnov qismini, kvartallar ichidagi o‘tish joylarini, hovlilarni, yo‘ldagi to‘siqlar, shovqindan himoyalovchi ekranlar, yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, tunnel va ko‘priklar, bekatlar, reklama konstruksiyalari, chiroq ustunlari yuvishdi.

Moskvada 21 dekabrda havo harorati 9 gradusdan yuqoriroqqa ko‘tarildi. Dekabrda kuzatilgan eng iliq havo 2008 yil 6 dekabrda qayd qilingan va 9,6 gradusni tashkil qilgan.

Top