21:59 / 21.12.2015
4878

Ispaniyalik jurnalistlar ukrainalik futbolchini fashizmda ayblashdi

Ispaniyadagi La Voz de Galicia nashri "Sevilya"ning ukrainalik yarim himoyachisi Yevgeniy Konoplyankani qattiq tanqid qilib chiqishdi. Bu haqda "Sevilyaning fashist futbolchisiga!" nomli maqolada yozilgan.

Maqolada futbolchining "Slava Ukraine! Geroyam slava!" yozuvi tushirilgan samolyot oldidagi surati tanqid qilinadi. Maqola muallifining yozishicha, bu shior Ikkinchi jahon urushi vaqtida fashistlarning bir oqimi bo‘lmish Ukraina ayirmachilari tomonidan qo‘llanilgan. Ispaniyalik jurnalistning yozishicha, bu ayirmachilar Lvov va Ternopolda "tozalashlar" o‘tkazib, 70 mingga yaqin polyakni o‘ldirishgan.

Ma'lumot uchun, Konoplyanka 2015 yilning yozida "Dnepr"dan "Sevilya" safiga kelib qo‘shildi. U shu vaqtgacha jamoa safida 21ta o‘yin o‘tkazdi va beshta gol urib oltita golli uzatma muallifi bo‘ldi.

"Slava Ukraine! Geroyam slava!" shiori 2014 yilda Ukrainada hukumat ag‘darilishidan keyin yangi hukumat tarafdorlari tomonidan keng qo‘llanila boshladi.

Top