00:32 / 21.12.2015
11655

Isroil Livanga qarshi javob o‘ti ochdi

Isroil harbiylari Livan tomondan o‘qqa tutilganlaridan keyin artilleriya javob o‘tini ochganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Xabarda ta'kidlanishicha, avvalroq Isroilning raketadan o‘qqa tutilishi uchun javobgarlik Livan hukumati zimmasiga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga isroilliklar “Isroilning mustaqilligi va uning fuqarolari xavfsizligini buzishga qaratilgan harakatlarga qarshi kurashni davom ettirishlarini” ta'kidlab o‘tishdi.

Avvalroq Isroilning shimoliy qismi raketadan o‘qqa tutilgani ma'lum qilingandi. Taxminga ko‘ra, raketa Livan hududidan otilgan.

Ta'kidlanishicha, raketalar “Hizbulloh” yetakchisi Samir Kuntara Suriyada yo‘q qilingani haqidagi xabardan keyin bir necha soat o‘tib otilgan. Biroq Isroil jangarining yo‘q qilinishiga aloqasi yo‘qligini aytmoqda.

Top