17:32 / 21.12.2015
3298

«Krasnodar» futbolchisining Peterburg yaqinidagi uyini tunab, itini o‘ldirishdi

Noma'lum shaxslar "Krasnodar" jamoasi futbolchisi Vladimir Bistrovning Leningrad viloyati hududidagi uyiga bostirib kirishgan. Bu haqda 47news.ru xabar qilgan.

Bu voqea 21 dekabr kuni ro‘y bergan. Xabar qilinishicha, 4 nafar jinoyatchi uyni qo‘riqlab turgan ovcharka zotli itni o‘ldirishgan va qorovulni bog‘lashgan. Shundan so‘ng ular uy ichiga kirib, talonchilikni amalga oshirishgan. Qorovul bir necha soatdan keyin o‘zi mustaqil tarzda bog‘ichlardan qutilgan va signalizatsiya tugmasini bosgan.

Ayni vaqtda voqea joyida maxsus guruhlar ishlamoqda. Jinoyatning to‘liq jarayoni aniqlanmagan. Yo‘qolgan buyumlar orasida futbolchining bir qancha sovrinlari hamda uning rafiqasiga tegishli bo‘lgan qimmatbaho zargarlik buyumlari bo‘lgan.

Bu voqea ro‘y bergan vaqtda sportchi rafiqasi bilan Maldiv orollariga ta'tilni o‘tkazish uchun ketgan bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchi o‘z faoliyatining katta qismini Sankt-Peterburg shahrining "Zenit" jamoasida o‘tkazgan. U joriy mavsumda "Krasnodar" safida 11 o‘yin o‘tkazdi. U Rossiya terma jamoasi safida 47ta o‘yin o‘tkazgan va 4ta golga mualliflik qilgan.

Top