12:15 / 21.12.2015
3144

Las-Vegasda avtomobil to‘planib turgan odamlar ustiga bostirib borishi tufali 37 kishi jarohatlandi

21 dekabr kuni AQShning Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida, "Dunyo Go‘zali-2015" g‘olibini taqdirlash marosimi o‘tkazilayotgan Planet Hollywood mehmonxonasi yaqinida to‘planib turgan odamlar ustiga bostirib borgan avtomobil 1 kishining o‘limiga va 37 kishining jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi. NBC News xabariga ko‘ra, jarohatlanganlarning 7 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Sky News xabariga ko‘ra, bu avtomobil boshqaruvida ayol kishi bo‘lgan. Politsiya u qochib ketmoqchi bo‘lganini, lekin mehmonxona oldida qo‘lga tushgani haqida ma'lumot bergan. Ushbu ayolning qonida alkogol va narkotik moddalar bor-yo‘qligi tekshirilmoqda. CBS Las Vegas xabarida esa uning yonida hodisa vaqtida boshqa odam ham bo‘lgani aytilgan.

Jabrlanuvchilar Las-Vegas universitetining Tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 4 nafariga tibbiy yordamlar ko‘rsatilgach, ularga javob berib yuborilgan.

Shifokorlarning aytishicha, jarohatlanganlarning ko‘pchiligi fransuz tilida so‘zlashishgan. Ular fransiyalik sayyohlar bo‘lishi mumkin.

Top