20:21 / 21.12.2015
5612

O‘zbekistonlik chegarachilar Tojikistondan narkotik moddalar kirib kelishiga yo‘l qo‘yishmadi

O‘zbekistonlik bojxona xodimlari Tojikistondan O‘zbekistonga kelayotgan yuk poyezdida 33,2 kg miqdoridagi giyohvand moddalar yashiringan maxfiy joyni aniqlashdi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish organi xodimiga asoslanib, Sputnik axborot agentligi xabar qildi.

Skotch yordamida uzunligi 50 santimetrdan 1 metrgacha bo‘lgan naychalar shakliga keltirilgan giyohvand moddalar uchta vagonning ko‘ndalang tushgan stoyka qismida yashiringanligi aniqlangan. Tekshiruv ishlari Bekobod temir yo‘l o‘tish punktida o‘tkazilgan.

Manbaning ta'kidlashicha, bunday voqealarning kelib chiqishiga Tojikistonlik bojxona xodimlarining tekshiruv ishlariga vijdonan yondashmasliklari sabab bo‘lmoqda.

Top