15:21 / 21.12.2015
32404

O‘zbekistonlik jurnalist: mashinaning vaqtida yetkazilmagani uchun nega xaridor jazolanmoqda?

11 dekabrdan O‘zbekistonda avtomobillarning narxi o‘rtacha 30 foizga oshirildi. Bir necha oylar muqaddam mashina pulining bir qismini yoki to‘liq narxini to‘lagan xaridorlar endilikda mashinalarini avtosalondan olib chiqa olmayapti, negaki hisob-kitobni yangi narxlarda oshirish talab qilinmoqda. Bu mijozlarning ham, jurnalistlarning ham keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

“Shu kunlarda yuzlab odamlar shu va shunga o‘xshash boshqa savollar bilan “Samarqandavtotexxizmat” AJ ostonasida to‘planib olgan, — deb yozadi samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev. — Ushbu tashkilot boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Pardayevning so‘zlariga qaraganda, 800 kishi avtomobil uchun oldindan pul to‘lagan. Ular o‘z mashinalarini eski narxlarda olishdan umid qilishgan edi.

Lekin, uning tan olishicha, buning imkoni yo‘q va hozirgi vaziyatda hech narsa qilib bo‘lmaydi, negaki qarorlar “tepada” qabul qilingan, uning tashkiloti esa bor-yo‘g‘i ijrochidir”.

“Ha, rasman “O‘zavtosanoat” kompaniyasi haq, negaki “Samarqandavtotexxizmat” va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada “tovar narxi u yetkazilganiga qadar o‘zgargan taqdirda tovar o‘zgartirilgan va yangi belgilangan narxlar bo‘yicha yetkaziladi” deb belgilab qo‘yilgan. Lekin amaliyotning ko‘rsatishicha, kutilmagan holatlar bo‘ladi. Hamma narsani oldindan ko‘ra bilish va shartnoma bilan mustahkamlash mumkin emas ekan”, — deya ta'kidladi jurnalist.

Top