16:55 / 21.12.2015
10580

Qozog‘istonlik mehribon politsiyachi internet qahramoniga aylandi

Qozog‘istonlik politsiyachi keksa ayolga yo‘ldan o‘tkazishga yordam bergani uchun ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi.
Mazkur video YouTube`ga joylashtirilgan bo‘lib, avtomobil video qayd uskunasi yordamida tasvirga olingan.

Unda politsiyachi keksa ayolni tayoqchasi yordamida sirpanchiq yo‘ldan o‘tib olishiga yordamlashgan.Tartib posbonining ushbu ezgu harakati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq qarshi olindi. Izoh qoldiruvchilar IIV ishchilariga ushbu politsiyachidan namuna olishga chaqirishdi.

Top