23:20 / 21.12.2015
4645

Slutskiyning onasi o‘yinlardan keyin o‘z o‘g‘li bilan gaplashishga qo‘rqishini aytdi

TsSKA jamoasi va Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyning onasi Lyudmila xonim o‘z o‘g‘lining o‘yinlardan keyin qanday holatlarni boshdan kechirishi haqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlari welcome2018.com sayti tomonidan keltirilgan.

"O‘yindan keyin Leonid keladi, divanga yotadi va biz u bilan gaplashmaymiz. Nafaqat men, boshqa hech kim ham u bilan gaplasha olmaydi. Bu vaqtda Ira (uning rafiqasi - tahririyat izohi) qayoqqadir chiqib ketadi, men esa o‘z xonamda nabiram Dimka bilan andarmon bo‘laman. Birozdan keyin Dimani sekinlik bilan xonadan chiqarib, vaziyatni o‘rganish uchun yuboraman. U o‘g‘li bilan gaplashsa, keyin biz muloqot boshlashimiz mumkin", deydi Lyudmila Slutskaya.

Uning aytishicha, o‘g‘li o‘yinlar bo‘lgan kunlarda jamoasi g‘alaba qozongani yoki yutqazganidan qat'i nazar uxlamaslikka odatlangan. Onaning aytishicha, u o‘g‘lining asabiylashishiga sabab bo‘ladigan TsSKA va Rossiya terma jamoasining o‘yinlarini ko‘rish uchun stadionga bormaydi va televizorda ham ko‘rmaydi.

Top