09:02 / 21.12.2015
3208

Xitoyda ko‘chki oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 91 nafarni tashkil etmoqda

Xitoyning janubidagi Guandun viloyatidagi Shenchjen shahrida yuz bergan ko‘chki oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 90 nafardan oshdi. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda 59 nafar erkak va 32 nafar ayolni qidirish ishlari olib borilmoqda. Qutqaruv ishlariga 500 nafar o‘t o‘chiruvchi va 30 dan ortiq iskovuch itlar jalb qilingan.

Ular tuproq va loy ostidan 14 kishini qutqarib olishgan. Voqea joyidan 900 nafardan ortiq kishi ko‘chirilgan.

Bundan oldingi xabarlarda bedarak ketganlar soni 59 nafarligi aytilgandi.

Agentlikning ta'kidlashicha, mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘chki ostida 33ta uy qolib ketgan.

Xitoy rahbari Si Tszinpin jabrlanuvchilarga barcha kerakli yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan Shenchjen shahriga ushbu hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv boshlash uchun maxsus guruhni jo‘natgan.

Top