09:25 / 21.12.2015
2807

Yamandagi yarashuv sulhi bir haftaga uzaytirildi

Yamanda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi xusiychilar ham unga amal qilishi sharti bilan bir haftaga uzaytirildi. Bu haqda Yaman tashqi ishlar vaziri Abdulmalik al-Maxlafiy Yaman bo‘yicha tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tgan Shveytsariyada ma'lum qildi.

Qarama-qarshi tomonlar vakillari 2016 yilning 14 yanvarida muzokaralarni davom ettirish uchun yana uchrashishga kelishib oldilar. Muzokaralar o‘tkaziladigan joy hozircha belgilanmadi.

O‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning amal qilishi boshlanishi BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan tinchlik muzokaralari boshlangan kun – 15 dekabrga to‘g‘ri keldi.

Saudiya Arabistoni va xusiychilar bir-birlarini o‘t ochishni to‘xtatish tartibini ko‘plab marta buzganlikda ayblayotgan bo‘lsalar ham, yarashuv qarama-qarshilik darajasini anchagina pasaytirdi va jangovor harakatlar hududiga oz miqdorda bo‘lsa ham gumanitar yordam yetkazish imkonini berdi.

Top