16:50 / 22.12.2015
4262

2016 yili O‘zbekistonda davlat bojlarini undirishning yagona billing tizimi joriy etiladi

2016 yil oktabrida O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub'yektlari uchun bank kassalari va yagona to‘lov tizimlari orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun davlat bojlarini undirishning yagona billing tizimi joriy etiladi.

Hukumatning 24 dekabrdagi qarori bilan ushbu funksiya Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, moliya vazirliklari va davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklandi.

Bunday tizimning joriy etilishi tadbirkorlik sub'yektlarini va mas'ul organlarni amalga oshirilayotgan hisob-kitoblardan real vaqt rejimida boxabar etishga xizmat qiladi.
2016 yilning 1 yanvaridan “Yagona oina” orqali AKT vositasida tadbirkorlarga 16 xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Top