23:21 / 22.12.2015
5272

Alisher Usmonov “Kommersant'“ gazetasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri egasiga aylandi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov “Kommersant' Xolding” aksiyalarining 100 foizi egasiga aylandi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi “SPARK-Interfaks” ma'lumotlar bazasiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Xolding bosh direktori Vladimir Jyelonkin “Kommersant' Xolding” hozirda “Kommersant'” gazetasining ta'sischisi “Kommersant'” AJning yagona egasi ekanligini aytdi. Bungacha Usmonov ushbu xoldingga Kiprning Kommersant Holding (Cyprus) Ltd. kompaniyasi orqali egalik qilgan.

Top