10:52 / 22.12.2015
6248

Anchelotti "Bavariya"ga birinchi navbatda kimni olib kelmoqchiligini aytdi

Myunxenning "Bavariya" jamoasiga mavsum so‘ngida yangi murabbiy sifatida tayinlanadigan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti o‘zining yangi jamoasida amalga oshiradigan ilk transferi haqida oshkor etgan. Sport1 xabariga ko‘ra, ushbu murabbiy "Napoli"ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguainni Germaniyaga olib o‘tmoqchi.

Ayni vaqtda argentinalik 28 yoshli hujumchi Italiya A seriyasining 17 turida 16ta gol urgan holda (uning hisobida 3ta golli uzatma ham bor) turnir to‘purari bo‘lib turibdi.

Ushbu hujumchi 2013 yilda neapolliklar safiga kelishidan oldin "Real"da o‘ynagandi.

Top