20:19 / 22.12.2015
2267

BMT Suriya bo‘yicha muzokaralarni yanvar oyi oxirida o‘tkazishni rejalashtirdi

BMTning Suriya muammosi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Yaqin Sharqdagi siyosiy inqirozni hal etishga qaratilgan muzokaralar 1 oydan keyin, 2016 yilning yanvar oyi oxirida o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi.

U bu ma'lumotni BMTning Jyenevadagi bo‘limi boshlig‘i Maykl Mellerga aytgan.

"U (de Mistura) yanvar oyining oxirida Suriya masalasi bo‘yicha muzokaralarni boshlashni taklif etdi", degan Meller matbuot anjumani chog‘ida.

Top